Milliy qonunchilik testlari
Onlayn test va kazuslar: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
200 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.Xodim hayfsan olganidan keyin to'qqiz oy o'tib yana intizomiy nojo'ya harakat sodir etdi. Mehnat kodeksiga ko'ra bu holat qanday baholanadi?
- АMehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzish
- БMehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzish
- ВMalakasi etarli bo'lmaganligi sababli lavozimga nomuvofiqlik
- ГIntizomiy javobgarlikka asos bo'lmaydigan holat
2.Tumanda sel oqibatida favqulodda vaziyat yuz berdi. Davlat organi xizmatchini uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etmoqchi. Bu holatda qanday yo'l tutiladi?
- АTabiiy yoki texnogen favqulodda vaziyatda xizmatchini roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin
- БXizmatchining yozma roziligisiz hech qanday holatda jalb etish mumkin emas
- ВFaqat maxsus vakolatli davlat organi ruxsati bilan jalb etish mumkin
- ГFaqat kasaba uyushmasi roziligi olinganidan keyin jalb etish mumkin
3.Xususiy kompaniya davlat organidan xizmatchining shaxsiy hujjatlari to'plamidagi ma'lumotlarni so'radi. Xizmatchi bunga rozilik bermagan. Bu holatda qanday yo'l tutiladi?
- Аma'lumotlar kompaniya so'roviga ko'ra taqdim etiladi
- Бma'lumotlar kadrlar bo'linmasi boshlig'i ruxsati bilan beriladi
- Вfaqat xizmat lavozimi va ish haqi haqidagi ma'lumot beriladi
- Гqonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, xizmatchining roziligisiz uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi
4.Quyidagilardan qaysi biri «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonunning asosiy printsiplari qatoriga kiritilmagan?
- АIqtisodiy samaradorlik
- БOshkoralik
- ВIlmiylik
- ГHuquqiy tartibga solishning barqarorligi
5.Fuqaro va tuman hokimligi o'rtasidagi nizoda tegishli norma ikki xil talqin qilinishga yo'l qo'yadi. Konstitutsiyaga ko'ra bunday noaniqlik qanday hal etiladi?
- АInson foydasiga talqin etiladi
- БDavlat organi manfaatini ko'zlab talqin etiladi
- ВYuqori turuvchi organning tushuntirishiga ko'ra hal etiladi
- ГNorma qo'llanilmaydi va nizo to'xtatiladi