Ma'muriy sud — ilk bor tayinlanadigan nomzodlar testlari
Onlayn test va kazuslar: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
50 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ish birinchi instantsiya bo'yicha qaysi sudda ko'riladi?
- АToshkent shahar ma'muriy sudida
- БO'zbekiston Respublikasi Oliy sudida
- ВKomissiya joylashgan erdagi tumanlararo ma'muriy sudda
- ГO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida
2.Davlat sirlari bilan bog'liq ma'muriy ish birinchi instantsiya bo'yicha qaysi sudlar tomonidan ko'riladi?
- АTumanlararo ma'muriy sudlar tomonidan
- БHududiy harbiy sudlar tomonidan
- ВFaqat O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan
- ГQoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari tomonidan
3.Ish yuritish to'xtatib turilgan davrda sud qaysi protsessual harakatni amalga oshirishga haqli?
- АHal qiluv qarorini qabul qilish
- БGuvohlarni so'roq qilish
- ВSud muzokaralarini o'tkazish
- ГDastlabki himoya choralarini ko'rish
4.Arizachining iltimosiga ko'ra davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokat ishga jalb etildi. Unga ishga kirishish uchun kamida qancha vaqt berilishi kerak?
- АBir soat
- БYigirma to'rt soat
- ВTo'rt soat
- ГUch kun
5.Fuqaro ma'muriy organ bilan tuzgan yozma bitimda «nizo bo'yicha hech qachon sudga murojaat qilmayman» degan majburiyatni olgan. Bu shart qanday huquqiy oqibatga ega?
- АShart faqat notarial tasdiqlangan bo'lsa, fuqaroni sudga murojaat qilishdan mahrum etadi
- БFuqaro avval ma'muriy organning roziligini olishi shart bo'ladi
- ВSudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas, fuqaro sudga murojaat qilishga haqli
- ГShart faqat yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi
Boshqa bo'limlar
- Jinoyat ishlari bo'yicha sud — navbatdagi muddat yoki qayta tayinlash
- Fuqarolik ishlari bo'yicha sud — navbatdagi muddat yoki qayta tayinlash
- Iqtisodiy sud — navbatdagi muddat yoki qayta tayinlash
- Ma'muriy sud — navbatdagi muddat yoki qayta tayinlash
- Maxsus savollar
- Umumiy mazmundagi savollar
- Jinoyat ishlari bo'yicha sud — ilk bor tayinlanadigan nomzodlar
- Fuqarolik ishlari bo'yicha sud — ilk bor tayinlanadigan nomzodlar