Xizmatchi
Notarius

Vorislik huquqi testlari

Onlayn test va kazuslar: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.

186 savol10 kazus

Testni boshlashKazus

Namuna savollar

To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.

  1. 1.Fuqarolik kodeksiga ko'ra qonun bo'yicha vorislik qaysi hollarda amalga oshiriladi?

    • АFaqat meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzmagan holdagina
    • БVasiyat mavjud bo'lmasa yoxud u butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek Kodeksda belgilangan boshqa hollarda
    • ВFaqat merosxo'rlar vasiyatnomani sud orqali haqiqiy emas deb toptirgan holda
    • ГMerosxo'rlar notarius huzurida qonun bo'yicha meros olishga kelishganda
  2. 2.Meros qoldiruvchining kreditori qarzni vasiyat majburiyati bo'yicha avtomashina olgan shaxsdan undirmoqchi. Bu talab qonunga muvofiqmi?

    • АMuvofiq, huquq oluvchi olgan mulk qiymati doirasida javob beradi
    • БMuvofiq emas, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi meros qoldiruvchining qarzlari uchun javobgar bo'lmaydi
    • ВMuvofiq, huquq oluvchi merosxo'rlar bilan solidar javob beradi
    • ГMuvofiq, agar merosxo'rlarning mulki etarli bo'lmasa
  3. 3.Merosxo'r merosdan voz kechayotganda kimning foydasiga voz kechayotganini ko'rsatishga haqli?

    • АIstalgan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga
    • БFaqat davlat foydasiga
    • ВVasiyatnoma bo'yicha yoki qonun bo'yicha merosxo'rlar jumlasidan bo'lgan shaxslar foydasiga
    • ГFaqat birinchi navbatdagi merosxo'rlar foydasiga
  4. 4.Yon qarindoshlik bo'yicha merosxo'rlikda meros qoldiruvchining tug'ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan taqdim qilish huquqiga kim ega?

    • АUlarning eri (xotini)
    • БMeros qoldiruvchining jiyanlari
    • ВUlarning ota-onalari
    • ГMeros qoldiruvchining amakivachchalari
  5. 5.Vorisdan keyingi voris etib kim tayinlanishi mumkin?

    • АFaqat vasiyat qiluvchining qonun bo'yicha birinchi navbatdagi merosxo'ri
    • БFaqat asosiy merosxo'rning bolalari
    • ВFuqarolik kodeksiga muvofiq merosxo'r bo'la oladigan har qanday shaxs
    • ГFaqat meros ochilgan joyda yashovchi jismoniy shaxs

Boshqa bo'limlar